Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qatar Davlati Amirini Samarqandda kutib oldi

0
328
views

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston-Qatar sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga  keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 5 iyun kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Samarqand aeroportida Qatar Amirini Oʻzbekiston Prezidenti kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarlari shohsupaga koʻtarildilar. Milliy qoʻshiq va raqslardan iborat tantanali marosim boʻldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga rejalashtirilgan. Bugun ikki mamlakat yetakchilari koʻhna Samarqandning tarixiy obidalariga birgalikda tashrif buyuradilar.

Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan Oliy darajadagi muzokaralarda muloqotda Oʻzbekiston bilan Qatar oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqiladi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here