Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosarini qabul qildi

0
152
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 may kuni tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiya hamraisi Asqar Maminni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, Oʻzbekiston-Qozogʻiston hukumatlararo komissiyasi samarali faoliyat koʻrsatayotgani va amaliy natijalar berayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ikki davlat Bosh vazirlarining birinchi oʻrinbosarlari raislik qilayotgan komissiya bugungi kungacha 17 majlis oʻtkazdi, jumladan, oxirgi majlis joriy yilning mart oyida Ostonada boʻlib oʻtdi. 4 may kuni Toshkentda komissiya hamraislari amaliy muzokaralar oʻtkazdi.

Uchrashuvda Prezidentimiz savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, gumanitar va boshqa sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, istiqbolli loyiha va dasturlarni birgalikda amalga oshirish muhim ekanini taʼkidladi.

Oʻz navbatida, Asqar Mamin davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, Qozogʻiston oliy darajada erishilgan kelishuvlarning soʻzsiz va oʻz vaqtida ijrosini taʼminlash maqsadida qardosh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi keng koʻlamli sheriklikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga tayyor ekanini qayd etdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.