Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida boʻladi

0
45
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 5-7 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Tashrif dasturiga muvofiq, Moskva shahrida ikki davlat yetakchilarining muzokaralari boʻlib oʻtadi. Davlatimiz rahbari Rossiya Hukumati Raisi Mixail Mishustin bilan ham uchrashadi.

Boʻlajak uchrashuvlar kun tartibidan ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari oʻrin olgan. Amaliy hamkorlikni, eng avvalo, savdo va iqtisodiyot, investitsiya, migratsiya va gumanitar sohalarda kengaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Prezidenti Tataristonga tashrif buyurib, respublika Raisi Rustam Minnixanov bilan muzokara oʻtkazishi koʻzda tutilgan.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here