Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy tashrif bilan Turkmanistonda boʻladi

0
124
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 20-21 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Tashrif dasturiga muvofiq, ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi.

Asosiy eʼtibor Oʻzbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichda yanada mustahkamlash, sanoat, energetika va kimyo tarmoqlarida, qishloq xoʻjaligi, transport va logistika sohalarida kooperatsiyani kengaytirish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalariga qaratiladi.

Sammit yakunida hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplamini qabul qilish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, tashrif davomida Ashxobod shahrida “Toshkent” bogʻini ochish va Chegaraoldi savdo markazini qurish boʻyicha loyihani birgalikda boshlab berish rejalashtirilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.