Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Davlat Dumasi Raisi bilan uchrashuv oʻtkazdi

0
81
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi Raisi Vyacheslav Volodin boshchiligidagi Rossiya parlament delegatsiyasini qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuv avvalida Vyacheslav Volodin davlatimiz rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Keyingi yillarda parlamentlararo muloqotlar jadal surʼat kasb etgani, Oʻzbekiston va Rossiya hududlarida yangi formatdagi – ikki mamlakat parlamentlarining palata va qoʻmitalari rahbarlari darajasida uchrashuvlar oʻtkazish amaliyoti joriy qilingani alohida qayd etildi.

Yangi tashkil etilgan Hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiya faoliyati ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash hamda qonunchilik faoliyatini tashkil etish sohasida tajriba almashishni kengaytirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Iqtisodiy hamkorlikning ijobiy natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yilning boshidan buyon ikki tomonlama tovar ayirboshlash uchdan birga oshdi.

Rossiya investitsiyalarini jalb qilgan holda Oʻzbekistonda neft-gaz, energetika, kon-metallurgiya, qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida qoʻshma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ikki mamlakat hududlari oʻrtasida ishblarmonlik aloqalari izchil kengayib bormoqda.

Madaniy-gumanitar yoʻnalishda, eng avvalo, oliy va oʻrta taʼlim hamda turizm sohalarida samarali hamkorlik rivojlantirilmoqda.

Rossiya delegatsiyasi aʼzolari Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, yoshlar tarbiyasi, sogʻliqni saqlash salohiyatini oshirish, shahar va qishloqlar infratuzilmasini modernizatsiya qilish borasida roʻy bergan oʻzgarishlarni yuksak baholadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.