Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining oʻrinbosari Vitaliy Savelyev, Rossiya Prezidenti maslahatchisi Igor Levitin va «Rossiyskiye jelezniʼe dorogi» kompaniyasi boshqaruvi raisi Oleg Belozyorovdan iborat delegatsiyani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Uchrashuv avvalida Rossiya delegatsiyasi aʼzolari davlatimiz rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Joriy yilning 26-28 may kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Mintaqada samarali transport yoʻlaklarini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar koʻrishga alohida eʼtibor qaratildi.
Transport sohasida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish, avtomobil, temir yoʻl va aviatsiya yoʻnalishlarida sheriklikni yanada kengaytirish, yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlash muhimligi qayd etildi.