Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi

0
84
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 yanvar kuni mamlakatimizda tashrif bilan boʻlib turgan Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Andrey Belousovni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuv avvalida Rossiya mudofaa idorasi rahbari Oʻzbekiston yetakchisiga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oʻzbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2024 yil may oyida Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Qabul qilingan dasturiy va reja hujjatlariga muvofiq ikki mamlakat mudofaa idoralari hamkorligini kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.