Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisini qabul qildi

0
118
marta koʻrilgan.

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT Hukumat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedevni 1 noyabr kuni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.    

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, koʻp asrlik doʻstlik, oʻzaro ishonch, hurmat va qoʻllab-quvvatlash anʼanalariga asoslangan Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Dmitriy Medvedev samimiy qabul hamda mamlakatlarimizning koʻp qirrali munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga qaratayotgan eʼtibori uchun Oʻzbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda taʼkidlanganidek, avvalo oliy darajada yoʻlga qoʻyilgan faol munosabatlar va konstruktiv muloqot ikki tomonlama hamkorlikni misli koʻrilmagan darajaga koʻtarish va uni yangi amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilib kelmoqda. 

Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va kooperatsion aloqalar izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Neft-gaz, energetika, transport, qishloq xoʻjaligi va boshqa tarmoqlarda istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar, jumladan, fan, taʼlim va turizm sohasidagi sheriklik kengaymoqda.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Tomonlarning BMT, ShHT, MDH va boshqa koʻp tomonlama tuzilmalar doirasida hamkorlikni mustahkamlashga intilishi taʼkidlab oʻtildi.

Boʻlajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish masalalari ham muhokama qilindi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish borasidagi oʻzaro intilish qatʼiy ekani tasdiqlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.