Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining oʻrinbosarini qabul qildi

0
102
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining oʻrinbosari, sanoat va savdo vaziri, qoʻshma Hukumatlararo komissiya hamraisi Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Komissiya faoliyatining asosiy natijalari, shu jumladan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi oʻzaro manfaatli hamkorlik loyihalarini ilgari surish masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzaro savdo hajmini yanada oshirish, sanoatda, yoqilgʻi-energetika majmuida, kimyo, farmatsevtika, toʻqimachilik, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Oʻzbekiston va Rossiyaning yetakchi korxonalari oʻrtasidagi amaliy sheriklikni kengaytirish boʻyicha ikki tomonlama dasturni tayyorlashga kelishib olindi.

Qoʻshma Loyiha ofisining samarali faoliyatini davom ettirish, biznes tashabbuslari va hududlararo almashinuv loyihalarini qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.