Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga tashrif bilan boradi

0
75
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 19 noyabr kuni tashrif bilan Rossiyaga boradi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Ikki mamlakat yetakchilari Moskva shahrida muzokara oʻtkazadilar, Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar. Qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ham koʻzda tutilgan.

Tashrif arafasida Moskvada Oʻzbekiston va Rossiya ikkinchi Taʼlim forumi va navbatdagi Hududlararo hamkorlik forumining qoʻshma tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.