Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 dekabr kuni “Uralxim” kompaniyasi direktorlar kengashi aʼzosi, bosh direktori Dmitriy Mazepinni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Rossiyaning eng yirik mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchisi bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
Tegishli resurs bazasini oʻzlashtirgan holda azot, fosfor va murakkab oʻgʻitlar ishlab chiqarish boʻyicha istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Ilmiy-texnik ishlanmalar va malakali kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan kelishuvga erishildi.