Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Saudiya Arabistoni delegatsiyasi bilan ziyoratchilarimiz uchun yanada qulay sharoitlar yaratish masalalarini muhokama qildi

0
98
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Musulmon olamining muqaddas ziyoratgohlariga safarlarni tashkil etish borasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan fuqarolarimizning Saudiya Arabistonida boʻlishi bilan bogʻliq yanada qulay va shinam sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida haj va umra ishlari vaziri davlatimiz rahbariga Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Valiahd, mamlakat Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saudning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Saudiya delegatsiyasining ushbu tashrifi joriy yil avgust oyida Saudiya Arabistoniga amalga oshirilgan tarixiy ahamiyatdagi davlat tashrifi davomida oliy darajada erishilgan kelishuvlarning davomi ekani alohida taʼkidlandi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston fuqarolari uchun yillik haj kvotasini ikki barobar – 24 ming nafargacha, umra ziyoratchilarini esa 100 ming nafargacha oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish, raqamlashtirish sohasida ilgʻor tajribani joriy qilish, saudiyalik turistlarning yurtimizda boʻlishi uchun vizasiz tartib joriy qilinganini hisobga olgan holda ularning Oʻzbekistonga safarlarini koʻpaytirish, ikki mamlakat yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari oʻrtasida sheriklik aloqalarini yoʻlga qoʻyish masalalari ham koʻrib chiqildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.