Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 dekabr kuni davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Seul shahridagi aeroportda davlatimiz rahbarini tantanali kutib olish marosimi boʻldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, artilleriyadan toʻplar otildi.
Samolet oldida Oʻzbekiston yetakchisini Koreya Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Xong Nam Ki va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Seul shahrida oliy darajada uchrashuv va muzokaralar oʻtkazish, Janubiy Koreya parlamenti rahbariyati va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashish koʻzda tutilgan.
Kun tartibidan Oʻzbekiston-Koreya alohida strategik sheriklik munosabatlarini va koʻp qirrali hamkorligini, eng avvalo, «yashil» iqtisodiyot, investitsiya va innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, ijtimoiy soha kabi ustuvor yoʻnalishlarda yanada kengaytirish masalalari oʻrin olgan.
Sammitning asosiy tadbirlari — ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar 17 dekabr, juma kuni boʻlib oʻtadi.