Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiya Respublikasining oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

0
74
marta koʻrilgan.

Anqara shahriga tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni «Turkiya Respublikasi nishoni» bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Qardosh mamlakatning oliy davlat mukofotini Oʻzbekiston yetakchisiga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan tantanali ravishda topshirdi.

– Bugun, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi deklaratsiya imzolangan kunda Turkiya Respublikasining bunday yuksak mukofotini olish men uchun katta sharafdir. Ushbu mukofot xalqlarimiz oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik rishtalari, oliy darajadagi ishonchli muloqot hamda ikki tomonlama koʻp qirrali munosabatlarning jadal rivojlanishining ramzidir, – dedi davlatimiz rahbari.

Taʼkidlash joizki, Turkiya Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq mazkur oliy mukofot Turkiya bilan doʻstona munosabatlarni rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan davlat arboblariga beriladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.