Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan XXIV qishki Olimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun 4-5 fevral kunlari tashrif bilan Pekin shahrida boʻladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Xitoy poytaxti jahon sporti tarixida ikkala Olimpiadani qabul qilgan birinchi shahar boʻladi – 2008 yilda bu yerda XXIX yozgi Olimpiya oʻyinlari ham oʻtkazilgan edi.
Karantin choralariga qatʼiy rioya etgan holda 4-20 fevral kunlari oʻtadigan bu galgi musobaqada sportning 15 ta yoʻnalishi boʻyicha 109 ta medallar toʻplami oʻynaladi. Bu medallar uchun 90 dan ortiq mamlakat, shu jumladan Oʻzbekistondan jami 4 mingdan ziyod sportchi bellashadi.
Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimi 4 fevral kuni Pekindagi “Qush ini” milliy stadionida xorijiy davlatlar va rasmiy delegatsiyalar yetakchilari, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirokida oʻtadi.
Tashrif dasturiga muvofiq Oʻzbekiston Prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.