Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi

0
69
marta koʻrilgan.

Bugun, 21 fevral kuni Qohiradagi “Al-Ittihodiya” saroyida rasmiy tashrif bilan Misr Arab Respublikasida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Saroy oldidagi maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi davlatimiz rahbarini samimiy qarshi olib, maxsus shohsupaga taklif etdi.

Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat milliy madhiyalari yangradi.

Soʻng davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushishdan soʻng ikki tomonlama oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.