Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti bilan uchrashuvi

0
157
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 mart kuni Koʻksaroy qarorgohida «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻanini qabul qildi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, oʻzaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, savdo, transort va energetika sohalaridagi loyihalar, taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa yoʻnalishlardagi dasturlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi. 

Tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Prezident Muhammad Ashraf Gʻani mamlakatlarimizning Afgʻoniston boʻysicha Toshkent xalqaro konferensiyasini oʻtkazishga oid birgalikdagi tashabbusini roʻyobga chiqarishga qaratilgan saʼy-harakatlar uchun Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi, oʻzaro manfaatli yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanini taʼkidladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.