Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan:
— Achilbay Jumaniyazovich Ramatov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari lavozimiga;
— Djamshid Anvarovich Kuchkarov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari lavozimiga;
— Jamshid Abduxakimovich Xodjayev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari lavozimiga;
— Zulayxo Baxriddinovna Maxkamova Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari lavozimiga;
— Sherzod Davlyatovich Kudbiyev Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga;
— Laziz Shavkatovich Kudratov Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri lavozimiga;
— Bobir Farxadovich Islamov Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri lavozimiga;
— Batir Irkinovich Zakirov Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri lavozimiga;
— Bexzod Anvarovich Musayev Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga;
— Ibroxim Yulchiyevich Abdurahmonov Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga;
— Xilola Uktamovna Umarova Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga;
— Aziz Abdukaxarovich Abduxakimov Oʻzbekiston Respublikasi tabiat resurslari vaziri lavozimiga;
— Adxam Ilxamovich Ikramov Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri lavozimiga;
— Sherzod Xotamovich Shermatov Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri lavozimiga;
— Ozodbek Axmadovich Nazarbekov Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri lavozimiga;
— Joʻrabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimiga;
— Amrillo Shodiyevich Inoyatov Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan:
— Shaxrux Shaturgunovich Sharaxmetov Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi;
— Sodiq Donaqulovich Toshboyev Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi;
— Baxodir Abdusalomovich Begalov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori lavozimiga tayinlandi;
— Abdushukur Abdujamilevich Sadikov Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi direktori lavozimiga tayinlandi;
— Olim Xayrullayevich Narzullayev Oʻzbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan:
— Akmalxuja Yusupovich Mavlonov Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisi lavozimiga;
— Baxromjon Turayevich Norqobilov Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi lavozimiga;
— Nizomidin Jalilovich Bakirov Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi direktori lavozimiga;
— Baxtiyor Vaxabovich Gulyamov Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligi nazorat inspeksiyasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan:
— Ulugbek Axmadovich Azamov Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga;
— Alisher Zafar oʻgʻli Saʼdullayev Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi oʻrinbosari – Yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga;
— Sherzod Saidjanovich Xidoyatov Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga;
— Nozim Baxtiyorovich Xusanov Oʻzbekiston Respublikasi
kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga;
— Agrippina Vasilyevna Shin Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga;
— Narzullo Naimovich Oblomuradov Oʻzbekiston Respublikasi tabiat resurslari vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.