Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

0
196
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan:

Kaxramon Kuchkarovich Kuranbayev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;

Kaxraman Ramatullayevich Sariyev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi lavozimini egallab kelayotgan edi;

Umar Sapayevich Ismailov Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;

Ulugʻbek Islomovich Muxammadiyev davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

***********

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Farxod Urazbayevich Ermanov Xorazm viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

U Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi Raisi lavozimiga tasdiqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Joʻrabek Raximovich Raximov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U bungacha Xorazm viloyatining Qoʻshkoʻpir tumani hokimi lavozimida ishlagan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.