Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Germaniya Federativ Respublikasiga rasmiy tashrifiga doir

0
399
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 20-22 yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida boʻladi.  

Germaniya poytaxti Berlin shahrida Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer, Federal kansler Angela Merkel va Bundestag Raisi Volfgang Shoyble bilan muzokaralar oʻtkaziladi.

Kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish, qoʻshma dastur va loyihalarni amalga oshirish, madaniy-gumanitar, fan-taʼlim va turizm sohalaridagi aloqalarni faollashtirish kabi masalalar oʻrin olgan. 

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi. 

Myunxen shahrida Oʻzbekiston Prezidentining Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder, shuningdek, Germaniyaning yetakchi ishbilarmon va moliyaviy doiralari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida iqtisodiyot, moliya, investitsiya, innovatsiya, ilm-fan, texnika, taʼlim va madaniyat sohalarida hamkorlikka oid ikki tomonlama qator hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.