Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Hindiston Respublikasiga amaliy tashrifiga doir

0
158
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan «Joʻshqin  Gujarat – 2019» IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etish uchun 2019 yil 17-18 yanvar kunlari ushbu mamlakatda amaliy tashrif bilan boʻladi.    

Davlatimiz rahbari sammit yalpi sessiyasida nutq soʻzlaydi, shuningdek, Oʻzbekiston – Hindiston hamkorligi, xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalarini muhokama qilish uchun Bosh vazir Narendra Modi bilan muzokaralar oʻtkazadi.

Bosh vazir Narendra Modi tashabbusi bilan 2003 yildan buyon Gandinagar shahrida oʻtkazib kelinayotgan «Joʻshqin Gujarat» sammiti mintaqadagi eng yirik xalqaro forum hisoblanadi. Unda davlat va hukumat rahbarlari, vazirlar, xalqaro tashkilot va transmilliy korporatsiyalar rahbarlari, yetakchi tahlilchilar, ekspertlar ishtirok etadi.

Anʼanaga koʻra, global iqtisodiyotni rivojlantirish, savdo sohasidagi sheriklikni kengaytirish, investitsiyalar jalb qilish, ilgʻor texnologiyalar va bilimlar almashishga doir dolzarb masalalar forum ishtirokchilari diqqat markazida boʻladi. 
 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.