Loyiha davlatimiz rahbarining topshirigʻiga asosan ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF–5969-son “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonining mantiqiy davomi hisoblanadi.
Hujjat pandemiyaning mamlakatimiz iqtisodiyoti va aholi turmush darajasiga salbiy taʼsirini yumshatishga qaratilgan navbatdagi imtiyozlar, preferensiyalar va boshqa muhim chora-tadbirlarni nazarda tutadi.
Prezidentimiz farmon loyihasiga yolgʻiz qariyalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va kam taʼminlangan oilalar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oziq-ovqat, dori-darmon mahsulotlarini koʻpaytirish va narxlari oshishiga yoʻl qoʻymaslik, tadbirkorlik subyektlarining aylanma mablagʻlari kamayib ketishining oldini olish, ularga qoʻshimcha soliq imtiyozlari taqdim etish kabi bir qator aniq choralarni kiritish zarurligi haqida masʼullarga topshiriq berdi.
Farmon loyihasini takomillashtirish boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda.