Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Turkmaniston Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti toʻgʻrisida

0
127
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 dekabr kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Suhbat avvalida davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan bir-birini qizgʻin tabriklab, oliy darajada erishilgan kelishuvlarning bajarilishi va amaliy hamkorlik rivojlanishi natijalarini baholadilar.

Prezidentlar 2018 yil qardosh mamlakatlarimiz va xalqlarimiz oʻrtasida doʻstlik va ishonch, yaxshi qoʻshnichilik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash davri boʻlganini taʼkidladilar.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning joriy yil aprel oyida Oʻzbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi samaralari hamda avgust oyida Avaza shahrida boʻlib oʻtgan Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi doirasidagi uchrashuvlarning amaliy natijalari ikki tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklik rivojiga yangi surʼat bagʻishladi.

Toshkent va Ashxobodda muvaffaqiyatli oʻtgan milliy koʻrgazma va biznes tadbirlari, Ishbilarmonlar kengashining tashkil etilgani tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiyani kuchaytirishga xizmat qildi.

Davlat rahbarlari mintaqaning tranzit salohiyatini roʻyobga chiqarishga qaratilgan loyihalarni ilgari surish muhimligini hamda faol hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalar tarafdori ekanliklarini taʼkidladilar.

Doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishga tomonlarning intilishi mushtarak ekani qayd etildi. 

Suhbat yakunida Prezidentlar yangi – 2019 yilda qardosh xalqlarimizga tinchlik, farovonlik va taraqqiyot tiladilar.


Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.