Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Maqsuda Vorisova saylovda ovoz berdi

0
82
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Maqsuda Vorisova poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 206-saylov uchastkasida ovoz berdi.

Mamlakatimizda boʻlib oʻtayotgan ayni saylovga har qachongidan ham jiddiy hozirlik koʻrilgani, shu kunlarda butun yurtimiz saylov ruhi bilan yashayotgani har qadamda yaqqol sezilmoqda. Fuqarolarning huquq va erkinligini, milliy saylov qonunchiligini jahon andozalariga hamohangligini taʼminlashga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Erta tongdanoq hamyurtlarimiz mamlakat siyosiy hayotida ishtirok etish uchun rostmana faollik va masʼuliyat bilan yondashayotganiga guvoh boʻldik.

Aytish joizki, milliy saylov tizimi muttasil takomillashib bormoqda. Rivojlangan davlatlarning bu boradagi ilgʻor tajribasi va milliy anʼanalarimizning oʻzaro uygʻunlashtirilishi natijasida milliy saylov qonunchiligimizda xalqimiz oʻz xohish-irodasini erkin bildirishini taʼminlaydigan jihatlar oʻz ifodasini topayotir. Bu yilni saylovlar ochiqlik, shaffoflik, oshkoralik tamoyillari asosida boʻlib oʻtmoqda. Bunda 2019 yilda qabul qilingan Saylov kodeksi muhim asos boʻlib xizmat qilmoqda.  

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi aholini ijtimoiy himoyalash, ayniqsa ehtiyojmand qatlamlarga eʼtiborni kuchaytirish, ijtimoiy-maʼrifiy yoʻnalishdagi masalalarga eʼtibor qaratib kelmoqda.

Hamyurtlarimiz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol qatnashmoqda. Bu esa ularning Vatan taqdiri, yurt kelajagi, farzandlarimizning ertangi kuniga masʼuliyatni astoydil his etayotganidan darak beradi.

Nazokat Usmonova, OʻzA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.