Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

0
7
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 21 fevral kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Rossiya Prezidentining oʻtgan yil may oyidagi Oʻzbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni yetakchilar tomonidan tasdiqlangan «yoʻl xaritasi»ga muvofiq amalga oshirish natijalari koʻrib chiqildi.

Turli darajalarda faol davom etayotgan samarali muloqot va almashinuvlar yuksak baholandi. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikdagi asosiy koʻrsatkichlarning oʻsish surʼatini taʼminlash, shuningdek, ikki mamlakat hududlarida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Gumanitar hamkorlik, eng avvalo, madaniyat, sanʼat, fan, taʼlim, shu jumladan muhandis kadrlarni tayyorlash, sogʻliqni saqlash va sport sohalarida kengayib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashib, boʻlajak tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.