Oʻzbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida

0
141
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi «Oʻzbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi farmoniga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini roʻyxatga olish oʻtkazilishi belgilandi.
 
Farmonda Oʻzbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etilishi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha hududiy komissiyalari tuzilishi va ularning asosiy vazifalari  belgilab berildi.
 
Mamlakatimiz aholisini roʻyxatga olish «uning farovonligi toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumot uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini, yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini oʻrganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim poydevor hisoblanadi», deya taʼkidlanadi farmonda.
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2015 yil 10 iyundagi “2020 yilda aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyusiyasiga tayanib, aʼzo davlatlarni 2020 yilda Butunjahon aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olish dasturi doirasida aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olishga taalluqli xalqaro va hududiy tavsiyalarni inobatga olgan holda kamida bir marta aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olishni oʻtkazishni qatʼiy daʼvat etadi.
 
Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olish oʻtkazilmagan. Aholi soniga, yosh-jins tarkibiga keskin taʼsir koʻrsatgan oʻzgarishlar, respublika hududidagi aholi joylashuvi xususiyatlari va boshqa ijtimoiy-demografik oʻziga xosliklar aholining joriy hisobiga oid mavjud maʼlumotlarni qoʻllashni sezilarli darajada cheklamoqda, deyiladi hujjatda.
 
Shuningdek, tegʻishli tashkilotlarga 2019 yil 1 iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish yuklatildi.
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.