Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini taʼsis etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 iyulda qabul qilingan PF–3781-sonli Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlari kengashining 2022 yilgi Davlat mukofotlari boʻyicha taklifiga asosan mamlakatimiz ilm-fani, adabiyoti va sanʼatini rivojlantirishga qoʻshgan salmoqli hissasi, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va maʼnaviy-maʼrifiy hayotida alohida eʼtiborga sazovor boʻlgan, xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan fundamental tadqiqotlari, zamon talablariga javob beradigan yuksak, mazmunan dolzarb ijodiy ishlari uchun:
Birinchi darajali Davlat mukofotlari quyidagilarga berilsin:
fan va texnika sohasida:
Sanakulov Kuvandik, Snitka Nikolay Pavlovich, Usmanov Rustamjon, Ergashev Ulugbek Abdurasulovich, Mustakimov Otabek Mannabiyevichga – “Texnologik va ishlanishi murakkab boʻlgan oltin tarkibli maʼdanlarni qayta ishlash va oʻzlashtirishning kompleks texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish” boʻyicha ilmiy-amaliy ishlanmasi uchun;
adabiyot sohasida:
Karimov Naim Fatixovichga – “Abdulla Qodiriy zamondoshlari” asari uchun;
sanʼat va meʼmorchilik sohasida:
Alikulov Alisher Maxmudovichga – Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy ilmiy-tadqiqot markazi hamda Toshkent shahridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida joylashgan “Shon-sharaf” muzeyida ishlangan mahobatli rangtasvir asarlari uchun.
Ikkinchi darajali Davlat mukofotlari quyidagilarga berilsin:
fan va texnika sohasida:
Kvint Vladimir Lvovichga – “Amir Temurning strategik yetakchiligi: “Tuzuklar”ga izohlar” ilmiy monografiyasi uchun;
sanʼat va meʼmorchilik sohasida (sanʼat va meʼmorchilik sohasida koʻzda tutilgan 1 ta ikkinchi darajali Davlat mukofoti oʻrniga 2022 yil uchun istisno tariqasida 2 ta ikkinchi darajali Davlat mukofoti berilishi belgilansin):
Mirtadjiyev Djalalitdin Tursunovichga (marhum) – mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda va bir qator xorijiy mamlakatlarda ishlangan haykaltaroshlik asarlari uchun;
Muxammeddinov Najimaddinga – “Gulla-yashna, Oʻzbekistonim!” simfonik poemasi, “Ayjamal” baleti va “Guloyim” operasiga yozilgan musiqiy kompozitsiyalari uchun.