Oʻzbekiston sanʼat muzeyini rivojlantirishning yangi konsepsiyasi taqdim etildi

0
91
marta koʻrilgan.

Tokio shahrida dunyoga mashhur yaponiyalik arxitektor Tadao Ando Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyini rivojlantirish konsepsiyasiga doir takliflarini taqdim etdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Maʼlumki, poytaxtimizdagi muzeyni kompleks rekonstruksiya va modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. 

Ushbu loyiha doirasida Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qilmoqda. Yaponiyalik arxitektor Tadao Ando shular jumlasidan. 

Uchrashuvda meʼmor tomonidan Venadagi «Albertina» muzeyi direktori Klaus Shryoder va «Alternativ Velt» kompaniyasi prezidenti Adrian Barsan bilan hamkorlikda tayyorlangan taqdimot namoyish etildi.

Davlatimiz rahbari ushbu loyihani muzey ishining zamonaviy talablari va meʼmorchilikdagi ilgʻor yechimlarni hisobga olgan holda tayyorlash yuzasidan oʻz taklif va tavsiyalarini berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.