Tayekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Niderlandiyaning Eyndxoven shahridada boʻlib oʻtgan “Dutch Open” musobaqasidagi ishtirokini yakunladi.
Hamyurtlarimiz unda 3 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.Murosasiz bahslarda Jasur Jaysunov, Shuhrat Salev va Nikita Rafalovich oltin medalga sazovor boʻlishdi. Yangi vazn toifasida ikkinchi bor ishtirok etgan Ulugʻbek Rashitov va Svetlana Osipova bronza medali sohibiga aylandi. Qayd etish joiz, -74 kg vazn toifasining yarim finalida Jaysunov hamda Rashitov oʻzaro toʻqnash kelishgan.
Oltin medal sohiblari: 74 kg vaznda Jasur Jaysunov; 80 kg vaznda Shuhrat Salev; 87 kg vaznda Nikita Rafalovich. Bronza medalini qoʻlga kiritganlar: 74 kg: Ulugʻbek Rashitov; 73 kg: Svetlana Osipova.
Oʻzbekiston terma jamoasi 18-19-mart kunlari oʻtadigan “Belgian Open” musobaqasida ishtirok etadi.