“Oʻzbekiston tarixi” telekanali tashkil etiladi

0
319
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida tarixdan misollar, alloma bobolarimizdan iqtiboslar keltirdi. Mamlakatimiz kelajagiga yoʻnaltirilgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda kuch-qudrat manbai boʻladigan milliy gʻoyani rivojlantirish masalasiga eʼtibor qaratdi. Vatanimizning qadimiy va boy tarixini oʻrganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish zarurligini taʼkidladi.  

— Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratishimiz kerak. Shu maqsadda, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida “Oʻzbekiston tarixi” kanalini tashkil etib, ilmiy jamoatchilik, ijodkor ziyolilarimiz bilan birgalikda, uning dasturlarini puxta shakllantirish zarur, dedi davlatimiz rahbari. 

Vazirlar Mahkamasi, Fanlar akademiyasi va boshqa tegishli tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.