Oʻzbekiston tashabbusi bilan Afgʻonistondagi tinchlik uchun xalqaro muloqot maydoni tashkil etildi

0
208
marta koʻrilgan.

“Oʻzbekiston”  xalqaro anjumanlar saroyida 27 mart kuni “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi.

Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur konferensiya nafaqat mintaqa davlatlari, balki butun dunyoda katta qiziqish uygʻotdi. Unda ishtirok etish uchun mamlakatimizga AQSH, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Eron, Pokiston, Hindiston, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlardan nufuzli delegatsiyalar tashrif buyurdi.

Xalqaro ekspertlar, siyosatshunoslar konferensiya jarayonini diqqat bilan kuzatib bormoqda. AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, Yaponiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarining yetakchi telekanallari, axborot agentliklari va nashrlari anjuman tadbirlarini keng yoritmoqda.

Xalqaro konferensiyada Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Federika Mogerini ham chiqish qildi. Shundan soʻng, BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterishning videomurojaati namoyish qilindi. 

Davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston pozitsiyasini bayon qilgan, bu borada amaliy takliflarni ilgari surgan edi.  Toshkent xalqaro konferensiyasi Afgʻoniston muammosini tinch yoʻl bilan hal etish boʻyicha muhim siyosiy jarayondir.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.