Oʻzbekiston terma jamoalari Yaponiyada

0
77
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston terma jamoalari kun chiqar mamlakatda oʻquv-mashgʻulotlarini oʻtkazyapti.

Yurtimiz dzyudochilari Ilias Iliadis va Nellya Kiyamova murabbiyligida 19 iyulga qadar yapon dengizi qirgʻoqlaridagi Kioto prefekturasiga qarashli Maydzuru shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazadi. Aynan 19 iyul kuni Olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qiladigan dzyudochilar Tokioga yoʻl oladi,  mashgʻulotlarda sparring vazifasini oʻtab beradigan qolgan tarkib Toshkentga qaytib keladi.

Shuningdek,  hozir taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Tokio shahrida oʻquv-mashgʻulotlarini oʻtkazyapti Olimpiadadan avval soʻnggi tayyorgarlik bosqichi hisoblangan mashgʻulotlar 9 iyul kuni boshlangan boʻlib, 22 iyulga qadar davom etadi. Ular joylashgan mehmonxona Olimpiya shaharchasidan 9 km uzoqlikda qad rostlagan boʻlib, yigʻin tugashi bilan litsenziatlarimiz asosiy delegatsiya tarkibiga qoʻshiladi. Ularga sparring-raqib boʻlayotgan boshqa taekvondochilarimiz esa yigʻin yakunlangach Toshkentga qaytib kelishadi.

J. SAʼDULLAYEV tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.