Oʻzbekiston terma jamoasi boks boʻyicha jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi oʻrinda

0
569
marta koʻrilgan.

 Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamgʻarib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi.

Dunyoning 78 mamlakatidan 400 ga yaqin bokschi ishtirok etdi mazkur musobaqada   eng kuchli bokschilar nomiga  sazovor boʻlgan  sportchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida karnay-surnay navolari ostida tantanali kutib olindi.

Bokschilarimizni kutib olish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisi Achilbay Ramatov yigitlarni jahon chempionatidagi yutuqlari  bilan qutladi va Tokio Olimpiadasida ham shunday zafarli gʻalabalar tiladi.

Marosimda, shuningdek, Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati, koʻplab jamoat tashkilotlari, sportchilarimizning yaqinlari va yuzlab boks ishqibozlari qatnashdi. Marosimda bokschilarimiz nomidan Bahodir Jalolov soʻzga chiqib, hukumatimiz eʼtibori va gʻamxoʻrligi ularga yana kuch va gʻayrat bagʻishlashini bildirdi.

Tadbirda Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Rashid Xoliqov qatnashib, oʻz qoʻshiqlari bilan marosimga yanada fayz bagʻishladi. 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.