ShHTning Bishkek sammiti tadbirlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gʻani bilan uchrashdi.
Davlatimiz rahbari turli darajadagi ikki tomonlama muloqotlar faollashgani, tovar ayirboshlash hajmi ortayotgani, oʻzaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik va gumanitar almashinuvlar kengayib borayotganini alohida taʼkidladi.
Uchrashuvda Afgʻonistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga koʻmaklashish hamda ushbu mamlakatni Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikka jalb etishga qaratilgan aniq dastur va loyihalarni roʻyobga chiqarishning amaliy masalalari koʻrib chiqildi.
Prezident Ashraf Gʻani Afgʻonistondagi vaziyatni tez fursatda tinch yoʻl bilan hal etish borasidagi faol saʼy-harakatlari uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.
Manba: president.uz sayti