Oʻzbekiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari sherikligining yangi davri boshlanmoqda

0
108
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Donald Tramp muzokaralarni ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar. 

Unda asosiy eʼtibor savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi. Vazirlik va kompaniyalar, ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi aloqalarni faollashtirish, yuqori texnologiyalar, savdo-sanoat, yoqilgʻi-energetika, transport va boshqa sohalarda qoʻshma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 

Savdo sohasida eng koʻp qulaylik yaratish tartibi joriy qilinganiga qaramay, oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi imkoniyat darajasida emas. 2017 yilda bu koʻrsatkich 210 million dollardan biroz oshgan. Amerikadek rivojlangan va Oʻzbekistondek rivojlanayotgan mamlakat iqtisodiyoti aslida bundan ancha koʻprogʻiga qodir. 

Prezidentimiz ikki tomonlama hamkorlikning shu kabi jihatlarini tahlil qilib, foydalanilmayotgan imkoniyatlarni, oʻzaro manfaatli va istiqbolli tarmoqlarni koʻrsatib oʻtdi. 

Oʻzbekistonda xorijiy valyutalar konvertatsiyasi ochilgani, yangi va zamonaviy investitsion muhit yaratilgani, toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoyalar davlat tomonidan kafolatlanishi taʼkidlandi. Mamlakatimizda yuqori texnologiyali loyihalarni amalga oshirish uchun AQSHning yirik kompaniyalari sarmoya va texnologiyalarini jalb qilishga kelishib olindi.

Muzokaralar soʻngida Prezident Donald Tramp Prezident Shavkat Mirziyoyevni kuzatib qoʻydi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.