19 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Jozef Bayden bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi. AQSH Prezidenti mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hamda Yangi Oʻzbekistonda amalda oshirilayotgan va muqarrar tus solgan islohotlar siyosatini qatʼiy qoʻllab-quvvatlashini tasdiqladi.
AQSHning yetakchi kompaniya va banklari bilan amaliy hamkorlik loyihalarini ilgari surishga toʻxtalib oʻtildi.
Ishbilarmonlar bilan oʻtkazilgan ikki tomonlama uchrashuvlar hamda davlatimiz rahbarining AQSHga tashrifidan oldin oʻtgan biznes forumi yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Inson huquqlari, gender tenglik sohalarida hamda inson farovonligini taʼminlashning boshqa yoʻnalishlarida konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.