Oʻzbekiston va BAA yetakchilari koʻp qirrali sheriklikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladilar

0
95
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dubay shahriga tashrifi davomida 2 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuvda Amirliklar tomonidan Vitse-prezident Shayx Mansur Ol Nahayon, Bosh vazir oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf Ol Nahayon, energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy, sanoat va ilgʻor texnologiyalar vaziri, COP28 sammiti prezidenti Sulton Ahmad al-Jobir ham qatnashdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Amirliklar yetakchisi va doʻst xalqini Milliy bayrami bilan samimiy tabrikladi hamda iqlim oʻzgarishi boʻyicha global sammit muvaffaqiyatli tashkil etilgani bilan qutladi.

Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi. Oʻzbekiston bilan BAA oʻrtasidagi koʻp qirrali aloqalar barqaror va jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash 30 foizga oshdi, qoʻshma korxonalar va toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar soni koʻpaymoqda. Ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qoʻshma loyihalar portfeli tashkil etmoqda.

Faol muloqotni davom ettirish va boʻlajak oliy darajadagi tadbirlarga puxta tayyorgarlik koʻrish muhim ekani taʼkidlandi.

Amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va uni keng koʻlamli strategik sheriklik darajasiga olib chiqishdan manfaatdorlik bildirildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.