Oʻzbekiston va Belarus yetakchilari “Amirsoy” togʻ-changʻi majmuasida uchrashuv oʻtkazdilar

0
51
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko “Amirsoy” togʻ dam olish maskaniga tashrif buyurdilar, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

 Toshkentda boʻlib oʻtgan muzokaralarda davlat rahbarlari madaniy-gumanitar yoʻnalishda, shu jumladan sport va turizm sohalarida faol almashinuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar. Oliy darajadagi uchrashuvlar yakunida boshqa hujjatlar qatorida 2024-2025 yillarda Sport sohasida hamkorlik boʻyicha dastur va Turizm sohasida hamkorlik boʻyicha chora-tadbirlar rejasi imzolangan edi.

Keyingi yillarda Oʻzbekistonda sport va turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirildi. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Amirsoy” togʻ dam olish maskani shular jumlasidan. Oxirgi uch yilda bu yerga 4 millionga yaqin sayyoh kelgan.

Jahon darajasidagi har mavsumga mos ushbu majmuaga tashrif davomida davlat rahbarlari sportchilar va sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar, ikki mamlakat oʻrtasidagi turizm almashinuvini kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar.

Yetakchilar samimiy muloqotni togʻ-changʻi trassasida davom ettirib, birgalikda changʻi uchdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.