Oʻzbekiston va Belarus yetakchilari ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi masalalarni muhokama qildilar

0
38
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 oktyabr kuni Bishkek shahrida oʻtayotgan MDH sammiti doirasida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Yetakchilar Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi koʻp qirrali aloqalar jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Oʻzaro tovar ayirboshlash koʻrsatkichlari oʻsmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish davom etmoqda.

Madaniyat, kinematografiya va sport sohasida qoʻshma tadbirlar muntazam oʻtkazib borilmoqda.  

Davlat rahbarlari savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha oʻzaro muvofiqlashgan choralarni koʻrish, jumladan, Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi, Hududlar forumi hamda Oʻzbekiston va Belarus yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlarining uchrashuvini tashkil etish muhimligini qayd etdilar.

MDH va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.

Boʻlajak tadbirlar rejasi ham koʻrib chiqildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.