Oʻzbekiston va Belarus Prezidenti amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

0
123
marta koʻrilgan.

24 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Belarus rahbari Oʻzbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, doʻst Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Prezidentlar keyingi yillarda koʻp qirrali Oʻzbekiston-Belarus munosabatlari jadal rivojlanib, aniq mazmun bilan boyib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Oʻzaro savdo hajmi ortmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida muvaffaqiyatli kooperatsiya loyihalari soni oshmoqda, taʼlim va madaniy-gumanitar sohalardagi almashinuv kengaymoqda.

Hukumatlar rahbarlari darajasida muntazam va samarali muloqot yoʻlga qoʻyilgani yuqori baholandi. Mashinasozlik, agrosanoat majmui, kimyo, farmatsevtika va elektrotexnika tarmoqlarida, amaliy hamkorlikning boshqa yoʻnalishlarida istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Joriy yil sentyabr oyida Samarqand shahrida oʻtkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.