Oʻzbekiston va Belarus Prezidentlari amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

0
100
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv oʻtkazdi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Uchrashuv avvalida Aleksandr Lukashenko Prezidentimizga taklif uchun tashakkur izhor etdi hamda Belarus Respublikasini ushbu nufuzli xalqaro tuzilmaga qabul qilish jarayonini boshlash masalasini qoʻllab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar, koʻp qirrali amaliy sheriklikni izchil kengaytirish, xalqaro va mintaqaviy siyosat yuzasidan fikr almashildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston-Belarus munosabatlari doʻstlik va sheriklik ruhida muvaffaqiyatli rivojlanib borayotganini taʼkidladi.

Oʻzaro savdo-iqtisodiy hamkorlik faollashgan. Tovar ayirboshlash oʻtgan yilda 44 foizga, joriy yilning yetti oyida esa yana 12 foizga oshdi.

Tomonlar ikki mamlakatda savdo uylari va logistika markazlari tarmogʻini kengaytirish, oziq-ovqatni tezlashtirilgan tarzda yetkazib berish boʻyicha “Agroekspress” loyihasini ishga tushirish, tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirish boʻyicha elektron tizimni joriy qilishga kelishib oldilar.

Oʻzbekiston va Belarus yetakchilari mashinasozlik, agrosanoat, kimyo, farmatsevtika va elektrotexnika tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi boʻyicha oʻziro manfaatli sheriklikni ilgari surish zarurligini qayd etdilar.

Mamlakatlarimiz hududlarining salohiyatidan samarali foydalanish muhimligi taʼkidlandi. Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonda ikkinchi Hududlararo forumni oʻtkazishni taklif etdi.

Tomonlar madaniy-gumanitar yoʻnalishda, birinchi navbatda, taʼlim va kinematografiya sohalaridagi hamkorlik faol rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.