Oʻzbekiston va Belarus Prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini koʻrib chiqdilar

0
18
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 avgust kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Belarus Prezidentini yubiley bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sogʻlik va katta yutuqlar, doʻst Belarus xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

Oʻz navbatida, Belarus Prezidenti Oʻzbekiston rahbari va koʻp millatli xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklab, tinchlik, barqaror taraqqiyot va rivojlanish tiladi.

Suhbat davomida joriy yilning 7–9 fevral kunlari Belarus Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarni qabul qilingan «yoʻl xaritasi»ga muvofiq amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova boshchiligidagi delegatsiyaning yaqinda mamlakatimizga qilgan tashrifining samarali natijalari yuqori baholandi.

Sanoat kooperatsiyasi boʻyicha qoʻshma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni tezlashtirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.