Oʻzbekiston va Eron yetakchilari koʻp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash borasidagi intilishlari qatʼiy ekanini tasdiqladilar

0
28
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 iyul kuni Eron Islom Respublikasining yangi saylangan Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Masʼud Pezeshkiyonni boʻlib oʻtgan Prezident saylovidagi gʻalabasi bilan samimiy qutlab, masʼuliyatli davlat lavozimida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Oʻzbekiston-Eron munosabatlarini yanada rivojlantirish, savdo, investitsiya va transport sohalaridagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Keyingi yillarda tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi, qoʻshma loyiha va korxonalar, aviaqatnovlar soni ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Avval erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Energetika, kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ham koʻrib chiqildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.