Parij shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron Strategik sheriklik oʻrnatish toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qildilar, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Davlat rahbarlari huzurida Mutaxassislar va talabalar harakatchanligi toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim, diplomatik pasport egalarini viza talablaridan oʻzaro ozod qilish toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim hamda Fransiyaning yetakchi kompaniyalari bilan Oʻzbekistonda 6,5 milliard yevrolik istiqbolli kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi Investitsiya va innovatsiya sohalaridagi hamkorlik dasturi almashildi.
Davlat tashrifi davomida quyidagilar ham imzolandi:
— Oʻzbekiston-Fransiya universitetini tashkil etish toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;
— readmissiya toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;
— tashqi ishlar vazirliklarining 2025-2026 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;
— 2026-2030 yillarda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlik dasturi;
— xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik toʻgʻrisida deklaratsiya;
— sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida deklaratsiya;
— fransuz tilini oʻqitishni kengaytirish toʻgʻrisida bayonnoma;
— musiqa, kino va teatr sohalarida hamkorlik toʻgʻrisida deklaratsiya;
— Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi bilan Fransiya Madaniyat vazirligi, Madaniy meros milliy instituti va Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti oʻrtasidagi hamkorlik bitimlari;
— Toshkent va Parij shaharlari oʻrtasida sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida bayonnoma va boshqa ikki tomonlama hujjatlar.