Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar imzolandi

0
21
marta koʻrilgan.

Samarqand shahrida oʻtgan samarali muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Shols Qoʻshma deklaratsiyani qabul qildilar.

Umuman, rasmiy tashrif doirasida 8 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi, shu jumladan:

— Migratsiya va mobillik sohasida har tomonlama sheriklik toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;

— Veterinariya va chorvachilik sohasida hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo deklaratsiya;

— «Yashil Markaziy Osiyo» tashabbusi doirasida suv resurslaridan barqaror foydalanish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo deklaratsiya;

— Oʻta muhim minerallar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiya;

— Transport sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

— Parij bitimi doirasida iqlim oʻzgarishi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandum.

Bundan tashqari, 2024-2026 yillarga moʻljallangan Texnologik sheriklik va sanoat kooperatsiyasi dasturi qabul qilindi, shuningdek, Oʻzbekiston va Germaniyaning yetakchi korxonalari darajasida bir qator bitim va shartnomalar tuzildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.