Oʻzbekiston va Germaniya rahbarlari boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan qoʻshma maktabni ochdilar

0
22
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federativ Respublikasi Kansleri Olaf Shols qoʻshma Boshqaruv kadrlarini tayyorlash maktabining ochilishiga bagʻishlangan marosimda ishtirok etdilar, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Xanns Zaydel jamgʻarmasi hamda Bavariya davlat boshqaruvi maktabi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Mutasaddilar videoaloqa orqali yetakchilarga loyiha haqida batafsil maʼlumot berdilar. Uning asosiy maqsad va vazifalari mamlakatimiz hududlarida boshqaruv kadrlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ilgʻor texnologiyalarni oʻzlashtirish borasidagi salohiyatini oshirishdan iborat.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.