Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga tashrifi doirasida Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Uchrashuvda Oʻzbekiston-Hindiston strategik sheriklik munosabatlari va koʻp qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Yuqori texnologiyalar, sunʼiy intellekt, sanoat, energetika, farmatsevtika, transport kommunikatsiyalari boʻyicha dastur va loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Joriy yilda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi va biznes forumini oʻtkazish, shuningdek, sanoat kooperatsiyasi boʻyicha oʻrta muddatli dastur qabul qilishga kelishib olindi.
Mamlakatlarimizda Madaniyat va kino kunlarini, tibbiyot va sport sohalarida hamda yoshlar ishtirokida, shu jumladan yoshlarning parlament tashkilotlari doirasida qoʻshma tadbirlar oʻtkazish taklifi bildirildi.
Yetakchilar boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham muhokama qildilar.