Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi Prezidentlari koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish rejalarini muhokama qildilar

0
71
marta koʻrilgan.

21 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.__

Oʻzbekiston bilan Janubiy Koreya oʻrtasidagi doʻstlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Ikki mamlakat yetakchilarining joriy yil sentyabr oyida Nyu-York shahrida BMT Bosh assambleyasi yigʻilishi doirasida oʻtgan uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Turli hamkorlik formatlarida faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Yetakchi kompaniyalarning kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish hamda Janubiy Koreyaning bank-moliya institutlari bilan yangi sheriklik dasturini shakllantirishdan manfaatdorlik bildirildi.

Qoʻshma Hukumatlararo qoʻmitaning navbatdagi yigʻilishini joriy yil oxirigacha oʻtkazishga kelishib olindi.

Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Prezidentlari boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.