Oʻzbekiston va Misr yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlar ijrosini muhokama qildilar

0
55
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan 27 mart kuni oʻtgan telefon orqali muloqotida oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining tahlili batafsil koʻrib chiqildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston va Misr yetakchilari suhbatni muborak Ramazon oyi kirib kelgani bilan bir-birini samimiy qutlashdan boshlab, doʻst xalqlarimizga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladilar.

Ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining energetika, togʻ-kon, charm va zargarlik tarmoqlari, sogʻliqni saqlash va telekommunikatsiya sohalari kabi yoʻnalishlarda aniq kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Qoʻshma loyihalarni samarali amalga oshirish uchun faol muloqotlarni davom ettirish va qulay sharoitlarni shakllantirish muhimligi qayd etildi.

Shu maqsadda ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yigʻilishlarini muntazam oʻtkazib borish zarurligi taʼkidlandi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.