Oʻzbekiston va Misr Prezidentlari fikr almashdi

0
139
marta koʻrilgan.

Koʻksaroyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining tor doiradagi muzokaralari boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz saytida.  

Davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlab, bu ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarda tarixiy voqea ekanini taʼkidladi. 

“Biz Misrga insoniyat sivilizatsiyasi markazlaridan biri, bugungi kunda katta salohiyatga ega davlat sifatida qaraymiz. Mamlakatlarimiz va xalqlarimiz oʻrtasida qadimdan aloqalar boʻlgan. Mana bugun Oʻzbekiston bilan Misr hamkorligida yangi bosqich, amaliy ishlar boshlanmoqda. Ushbu tashrifga tayyorgarlik jarayonida mamlakatlarimizda foydalanilmayotgan ulkan imkoniyatlar borligi ayon boʻldi. Bugun oʻtayotgan biznes-forumda qiymati 400 million dollarlik shartnomalar boʻyicha kelishuvga erishilgani shundan dalolat. Ishonamanki, Misr Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi oʻzaro hamkorligimizda katta natijalar beradi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Muzokarada avval erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlarning natijalari muhokama qilindi. Prezidentlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion va ilmiy-texnikaviy, turizm va madaniyat sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada faollashtirish muhimligini taʼkidladi. Shu maqsadda ikki tomonlama shartnomaviy-huquqiy bazani mustahkamlash, turli darajalarda uchrashuvlar oʻtkazish va sheriklik aloqalarini rivojlantirish zarurligi qayd etildi.

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdi. Mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish masalalariga eʼtibor qaratildi. Bu borada tajriba almashish, idoralararo aloqalarni yoʻlga qoʻyish va qoʻshma ishchi guruhi tashkil etishga qaror qilindi.

Afgʻonistonda mustahkam tinchlik va barqarorlik oʻrnatish yoʻlidagi saʼy-harakatlarni birlashtirish, bu masalalar boʻyicha Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlar oʻtkazishga kelishib olindi.

Prezidentlar koʻrib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan qarashlari yaqin va oʻxshash ekanligini taʼkidladilar.

Abdulfattoh as-Sisi Shavkat Mirziyoyevni Misrga tashrif bilan borishga taklif etdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.